Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xakerlar Kanada maxsus xizmatining saytini bloklab qo‘yishdi
Kanada xavfsizlik va razvedka xizmatining sayti xakerlar hujumiga duchor bo‘ldi. Mahalliy OAVning xabar qilishicha, uning faoliyati haligacha tiklangan emas.
Hujum uchun javobgarlikni hech qanday guruh o‘z zimmasiga olgani yo‘q. Shuningdek, rasmiy izohlar ham berilmadi.
Oxirgi ikki hafta ichida tashkilot sayti kiberjinoyatchilar tomonidan ikkinchi marta buzilishi. 17 iyun kuni ushbu sayt, adliya vazirligi va kommunikatsiyalar xavfsizligi markazining saytlari bilan bir qatorda, ba'zan Anonymous guruhi sifatida tilga olinadigan imijbordalar foydalanuvchilari tomonidan bloklab qo‘yilgan edi.