10:30 / 30.06.2015
2365

Yaponiya va Janubiy Koreya rahbariyati ikki yildan beri birinchi marta uchrashuv o‘tkazadi

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe va Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe o‘rtasidagi uchrashuv shu yilning sentabr oyida o‘tkazilishi kutilmoqda. Bu ikki davlat rahbarlarining 2013 yildan buyon birinchi ikki tomonlama uchrashuvi bo‘ladi.

Kiodo agentligi bu ma'lumotni Yaponiya tashqi ishlar vaziri Sinsuke Sugiyamaning quyidagi so‘zlariga tayangan holda berdi: “Kuzda Yaponiya, XXR va Koreya Respublikasi o‘rtasida uch tomonlama uchrashuv o‘tkazilsa, biz bundan foydalanib yapon-koreys sammitini ham o‘tkazishimiz mumkin”.

Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar rivojiga to‘sqinlik qilib turgan masalalar Ikkinchi Jahon urushi yillari Yaponiyaning Koreyani bosib olgani bilan bog‘liqdir. Ayniqsa, o‘sha yillarda Yaponiya tomonidan koreys ayollarining fohishalikka majbur qilingani hamda Yapon dengizi g‘arbidagi Tokto (Takesima) oroli bilan bog‘liq hududiy bahslar keskin muhokamalarga sabab bo‘ladi.

Top