Jahon | 10:22 / 30.06.2015
2915
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezd yonib ketdi

Yaponiyada Sinkansen nomli yuqori tezlikdagi poyezdlar uchun mo‘ljallangan yo‘lda Tokiodan Osaka tomon harakatlanayotgan “Nodzomi” ekspress poyezdi mahaliy vaqt bilan 11:30 da yonib ketdi. To‘satdan poyezdning bosh vagoni oq tutun ichida qoldi. Poyezddagi elektr ta'minoti zudlik bilan o‘chirib qo‘yildi. Tarkib Odavara shahri hududida to‘xtatildi.

Vagonga kiraverishda ushbu favqulodda holatning ehtimoliy ayblanuvchisi aniqlandi. Aniqlanishicha, 30 yoshlar atrofidagi erkak o‘zining ustidan tez alangalanuvchi suyuqlikni quyib, o‘ziga o‘t qo‘yib yuborgan. Ikki yo‘lovchi qaynab ketgan mashina moyi oqimiga tushishi oqibatida jiddiy jarohat oldi.

Yana ikki yo‘lovchi halok bo‘ldi, ko‘pchilik yo‘lovchilar turli shikastlanishlar va kuyish jarohatlari olishdi.

Bu noxushlik yapon yuqori tezlikdagi poyezdlarining o‘tgan asrning 60-yillaridan beri davom etib kelayotgan tarixida bunday yirik miqyosdagi ilk ko‘ngilsiz voqea bo‘ldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish