Sport | 07:25 / 01.07.2015
3417
2 daqiqa o‘qiladi

Braziliyalik futbolchi Rossiya terma jamoasi safiga qabul qilinishini so‘radi

Grozniyning “Terek” klubida to‘p suruvchi braziliyalik yarim himoyachi Maurisio Rossiya terma jamoasi safiga qabul qilinishini so‘radi. Sportchi Globo Esporte nashriga bergan intervyusida buning sabablarini keltirib o‘tdi.

“Men Rossiyada 5,5 yildan beri yashamoqdaman. O‘ylashimcha, Rossiya fuqaroligini olish uncha ham yomon fikr emas. Men ruschada yaxshi gaplashyapman. Agar terma jamoa safida o‘ynash borasida taklif tushsa, manmuniyat bilan qabul qilgan bo‘lardim”, deb aytdi Maurisio.

Maurisio 2018 yilda Rossiyadagi jahon chempionatida ishtirok etish uning eng katta orzusi ekanini ta'kidlab o‘tdi.

26 yoshli futbolchi “Terek” safida 2010 yildan beri to‘p surib keladi. Yarim himoyachi Grozniy klubi tarkibida 145ta o‘yinda maydonga tushib, 25ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Avvalroq yana ikki nafar braziliyalik fubolchi – “Krasnodar”dagi Ari va Joaozino ham Rossiya fuqaroligini olish va milliy terma jamoa safida o‘ynash istaklari borligini ma'lum qilishgandi. Ularning ikkisi ham Braziliya termasiga jalb qilinmagan va nazariy jihatdan Rossiya termasiga o‘tishga haqlari bor.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish