Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 09:49 / 01.07.2015
2648
1 daqiqa o‘qiladi
Cargolux Turkmanistonga birinchi tijoriy reysni amalga oshirdi
Cargolux kompaniyasining Boeng-747-400F samolyoti Turkmanboshi shahriga birinchi tijoriy yuk tashish reysini amalga oshirdi. Layner yo‘nalishi Gongkongdan Budapeshtgacha boradi, orada u Turkmanistonga qo‘nib o‘tadi.
Turkmaniston va Lyuksemburg hukumatlari o‘rtasidagi kelishuvga hamda ikki davlat aviatsion organlari tomonidan imzolangan shartnomaga muvofiq kompaniya Turkmanistonga haftasiga to‘rtta reys amalga oshiradi.