Sport | 23:48 / 01.07.2015
2892
1 daqiqa o‘qiladi

El Mundo Deporivo: Arda Turan “Barselona” o‘yinchisiga aylanadi

Madridning “Atletiko” yarimhimoyachisi Arda Turan “Barselona”ga o‘tishiga yaqin turibdi,

28 yoshli yarimhimoyachining transferi yaqin soatlarda klublar orasida kelishib olinadi.

Bu kelishuvning amalga oshishida futbolchining “Barsa” safida ishtirok etishi istagi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi.

Transfer qiymati 35-36 mln yevrodan oshmasligi ma'lum qilindi.

“Barsa” 2016 yilgacha o‘z safida yangi futbolchilarni qayd qilishiga taqiqlov amalda bo‘lgani sabab, klub Turanni “Galatasaray”ga ijara berib yuboradi yoki futbolchi “Barselona B” (“Barsa”ning zaxira jamoasi) tarkibida to‘p suradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish