Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google Photos ikki nafar afroamerikalik suratini “gorilla” tegi bilan belgiladi
Google Photos dasturining algoritmi ikki nafar qora tanli shaxsning fotosuratini tahlil qilib, ularni gorillaga qiyoslab, “gorilla” tegi bilan belgilagan, deb aytmoqda ushbu afroamerikaliklardan biri tvitterdagi akkauntida.
Dastur tasvirni tahlil qilib, ularni muayyan tayanch so‘zlar bo‘yicha saralaydi. Dastur Jacky Alcine laqabli foydalanuvchining o‘z dugonasi bilan tushgan suratini “gorilla” deb nomlangan papkaga joylashtirgan.
Google muhandisi Yonatan Tsunger bu noxush holat uchun kechirim so‘radi. Uning aytishicha, muammo hal qilindi, biroq kelgusida saralash algoritmini takomillashtirish uchun qo‘shimcha ish amalga oshirilishi zarur.