Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyadagi aviahalokat qurbonlari soni 141 kishini tashkil qilmoqda
Indoneziyada 30 iyun kuni Hercules S-130 harbiy samolyotining mehmonxona va uy-joylar ustiga qulashi natijasida qurbon bo‘lganlar soni 141 kishiga yetdi. Bu haqda France 24 xabar bermoqda.
"Biz halokat qurboni bo‘lgan 141 kishining jasadini qabul qildik", deyiladi Medan shahri shifoxonasida.
Eslatib o‘tamiz, 30 iyun kuni Indoneziyada harbiy transport samolyoti Medan shahridagi mehmonxona ustiga qulashi oqibatida kamida 30 kishi halok bo‘lgani haqida ma'lumot berilgandi.
Samolyot Medandagi harbiy havo bazasidan Natuna oroliga uchib ketayotgan edi, ammo bir necha daqiqalik parvozdan so‘ng halokat sodir bo‘ldi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, samolyotda 113 kishi ketayotgan bo‘lgan. Qurbon bo‘lganlarning 45 nafari esa mehmonxonadagilar va qo‘shni uydagilar bo‘lgan.