15:19 / 01.07.2015
11560

Internetda "Chumoli odam" filmidan parcha namoyish etildi

Marvel kinostudiyasi o‘zining YouTube`dagi rasmiy akkauntida "Chumoli odam" (Ant-Man) filmidan bir parchani joylashtirdi. Film 16 iyul kuni ilk marta namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Internetda paydo bo‘lgan 2 daqiqali parchada Pol Radd ijrosidagi bosh qahramon Skott Leng hamda 2 nafari ikkinchi darajali qahramonni ko‘rish mumkin.

Bu parchada bosh qahramon ilk marta "Chumoli odam" kostyumini kiyib ko‘rgani va hali bu kiyim funksiyalaridan bexabar holda odam tanasini ko‘p martalab maydalashtirib yuboruvchi tugmani bosib qo‘yishi tasvirlangan.

Ushbu kinokartinada Peyton Rid bosh rejissyor sifatida ishlagan. Rollar ijrosida Pol Raddan tashqari Evanjyelin Lilli, Maykl Duglas hamda Kori Stoll kabi aktyorlar qatnashgan.

Film voqealari o‘g‘rilik jinoyati uchun qamoqqa hukm qilingan Skott Lengni o‘z aybini yuvishi uchun maxsus topshiriqlarga jalb etish jarayoni bilan bog‘liq holda kechadi.

Top