Jahon | 03:37 / 01.07.2015
3701
2 daqiqa o‘qiladi

Islom ulamolari masjidda sodir etilgan teraktni qoraladi

Ahli sunna ulamolari o‘tgan juma kuni, Kuvaytdagi shialarga tegishli masjidda sodir etilgan teraktni qattiq qoraladilar. "Dunyomiz aqldan ozdi va ba'zi odamlarni qaysar va nosog‘lom oqimlar o‘z domig‘a tortmoqda", dedi mashxur Islom mutafakkiri Toriq Ramadon.

"Bunga o‘xshash, masjidlarga bo‘layotgan hujumlar Islomga ziddir va dinimizni yomonotliq qilishga qaratilgan, deb yozdi Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z sahifasida Toriq Suvaydan. - Men barchani firqachilikdan kelib chiqayotgan, vaxshiliklar sodir etayotgan bunday jinoyi guruhlarga qarshi turishingizga chaqiraman".

Imom Sodiq nomidagi shialar masjididagi xuruj binoda ikki mingdan ziyod odam bo‘lgan vaqtda sodir etilgan. Kamida yigirma to‘rt odam o‘lgan. Bu jinoyatni IShIDga bog‘liq bo‘lgan guruh o‘z bo‘yniga olgan.

Kuvayt parlamenti deputati Solih Ashurning: "Bugun biz terror va takfirchilik qarshisida birlashganmiz", deganini Gulf News iqtibos qildi.

"Begunoh odamlarni o‘ldirishda masjidga o‘xshagan, joyning tanlanishi hamda Ramazon oyi kabi muqaddas oy tanlanishi bu jinoyatchilarning iymonsiz ekanini ko‘rsatmoqda", deb ta'kidladi Islom ulamosi Holid Mazkur.

Salmon Auda ham ushbu mudxish jinoyatni qattiq qoralab chiqdi.

Manba: info.islom.uz

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish