Jahon | 00:05 / 01.07.2015
2003
2 daqiqa o‘qiladi

Ispaniyalik aviadispetcherlar iyulda 4 kun ish tashlash o‘tkazishni rejalashtirishmoqda

Ispaniyalik aviadispetcherlar sayyohlik mavsumi avjida bo‘lgan iyul oyida 4 kun ish tashlash o‘tkazishlarini e'lon qildilar.

Ular ishdan bo‘shatib yuborilgan hamkasblarini qayta o‘z lavozimida tiklanishi va 2010 yilda ish tashlash o‘tkazgan aviadispetcherlarga qarshi yana 61 ta holatning bekor qilishishini talab qilmoqdalar.

2010 yilning dekabrida o‘tkazilgan dispetcherlar zabastovkasi tufayli Ispaniya havo hududi yopib qo‘yilgan edi va mamlakatda 72 soat davomida favqulodda vaziyat kiritilgan edi. Fuqarolik aeroportlari va aviaaloqalar operatori Enaire ushbu ish tashlashlarda ishtirok etgan dispetcherlar butun Ispaniya bo‘ylab 20 ga yaqin sud mahkamasi tomonidan aybsiz deb topilganiga qaramasdan, ularni javobgarlikka tortishga qaror qilgan. Birgina Gava munitsipaliteti sudi dispetcherlarni ish tashlashlar o‘tkazishda aybdor deb topgan.

Aviadispetcherlar kasaba uyushmasi USCA 11, 12, 25 va 26 iyul kunlari zabastovkalar o‘tkazilishini ma'lum qildi. Aviadispetcherlar 11 va 25 iyul kunlari soat 10.00 dan 13.00 gacha va 12 va 26 iyul kunlari 17.00 dan 20.00 gacha o‘z ishlarini to‘xtatadilar.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish