O‘zbekiston | 21:52 / 01.07.2015
7269
1 daqiqa o‘qiladi

Iyul oyining dastlabki o‘n kunida tungi osmonda Venera va Yupiterning bir-biriga juda yaqin turganini ko‘rish mumkin bo‘ladi

30 iyun kunidan boshlab shom tushgandan biroz o‘tib tungi osmonda Quyosh va Oydan keyin tungi osmonda eng yorqin jism – Venera (Zuhro) va Yerdan ancha uzoq masofada joylashgan gigant Yupiter osmonda bir-birlariga juda yaqin kelganlarini kuzatish mumkin bo‘lmoqda. Bu faqatgina vizual shunday ko‘rinadi, chunki aslida bu ikki sayyorani bir-biridan 600 mln km lik masofa ajratib turadi.

Yulduzlarning Toshkentdan ko‘rinishi

Buni ko‘rolmaganlar achinmasalar bo‘ladi, chunki ushbu manzarani yana kamida 10 kun davomida yaqqol kuzatish mumkin bo‘ladi. Ushbu hodisani kuzatish uchun shom tushgandan keyin yarim soatlar o‘tib, g‘arb tomonga qarash kerak bo‘ladi.

Ekspertlarning aytishlaricha, navbatdagi bunday manzarani endi 2016 yilning avgust oyida kuzatish mumkin bo‘ladi.

Quyida ushbu manzaraning dunyoning turli burchaklaridan olingan suratlari berilgan.