10:42 / 01.07.2015
4025

Keyingi 3 yil ichida O‘zbekistonga keluvchi sayyohlar soni 30 foizga ko‘paydi

Oxirgi uch yil ichida O‘zbekistonga sayohat uchun kelayotgan turistlar soni 30 foizga ko‘paydi. O‘z navbatida, turizm eksporti 3 barobarga oshdi. Bu haqdagi ma'lumotlar “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi tomonidan taqdim qilindi.

2011 yildan buyon O‘zbekistonda “Megainfotur”lar tashkil qilinadi. Ularda xorijiy OAV va turistik kompaniyalar vakillari ishtirok etadi. Har yili xorijiy OAV va turistik kompaniyalardan ishtirok etuvchilar soni o‘rtacha 300 kishini tashkil qiladi. Shu turlar yordamida bir qator xorijiy telekanallar, jumladan, Euronews, BS-Asahi, World Travel, Rossiya 1 singari telekanallar bilan aloqalar o‘rnatildi. Ular orqali O‘zbekiston tarixi va madaniyati haqidagi hujjatli filmlar dunyo yuzini ko‘rmoqda.

Yaqinda O‘zbekistonga tur doirasida tashrif buyurgan Yaponiya delegatsiyasi tarkibida NHK telekanali, “Asaxi Shimbun” va “Sekai Nippo” gazetalari vakillari bo‘ldi. Ular Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlariga sayohatlar uyushtirishdi. Bu sayohat davomida olingan kadrlar “O‘zbekiston madaniy merosi yo‘nalishlarida sayohat” nomli filmga aylantirilib, Yaponiya telekanallari orqali namoyish qilindi.

Top