11:20 / 01.07.2015
2704

Lionel Messi: Amerika Kubogi finalida gol urishga harakat qilaman

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Paragvayga qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“O‘yin boshida gol kiritishimiz qiyin kechdi. Ammo bitta gol urib olsak, hammasi yaxshi bo‘lishini bilardik. Bungacha 4ta o‘yinda 4ta gol urgandik, bugun esa bir yo‘la 6ta to‘p kiritdik.

Biz JCh-2014da finalga qadar yetib bordik, bu turnirda ham finalga chiqdik. Endilikda bu musobaqada g‘alaba qozonmoqchimiz. Gol ura olmayotganim muhim emas, muhimi jamoa buni amalga oshirmoqda.

Umid qilamanki, finalda o‘z golimni nishonlayman”, - deydi Messi.

Eslatib o‘tamiz, Messi Paragvayga qarshi o‘tkazilgan o‘yinda, kiritilgan 6ta golning 3tasiga hammualliflik qildi va o‘yinning eng yaxshi futbolchisi sifatida taqdirlandi.

Top