07:00 / 01.07.2015
2841

Lvov viloyati prokuraturasi xodimi mast holatda DAN xizmatidan qochib ketishga uringani uchun ishdan bo‘shatildi

Ukrainaning Lvov viloyati prokuraturasi xodimi mast holatda avtomobil boshqarib, faollar va Davlat avtomobil nazorati xodimlaridan qochib ketishga uringani uchun ishdan bo‘shatildi. Bu haqda “Ukrinform” axborot agentligi xabar bermoqda.

“Xizmat tergovi natijalariga ko‘ra, Lvov viloyati prokurori buyrug‘i bilan sharmandali qilig‘i, “Prokuratura ishchisi qasamyodi” va “Prokuratura ishchilari professional axloqi va xatti-harakati kodeksi”ni buzgani uchun 30 iyunda A.Ostashevskiy egallab turgan tergov bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimi va prokuratura idoralari safidan bo‘shatildi”, deb aytilmoqda prokuratura matbuot xizmati bergan xabarda.

Ushbu voqea 27 iyun kuni sodir bo‘lgan. Mast holatda avtomobil boshqarayotgan prokuratura xodimini jaoatchilik faollari payqab qolishgan, so‘ngra ulardan qochib ketmoqchi bo‘lgan qoidabuzarni tutish uchun davlat avtomobil nazorati xodimlari ham qo‘shilishgan.

Top