Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iqtisodiyot | 23:50 / 01.07.2015
4277
1 daqiqa o‘qiladi
Microsoft korporatsiyasi AMD ni sotib olishga qiziqish bildirmoqda
Microsoft korporatsiyasi chiplar ishlab chiqaruvchi yetakchilardan biri AMD kompaniyasini sotib olishi mumkin, deb xabar bermoqda Windows Central.
Microsoft uchun bu bitimdan asosiy foyda shundan iborat bo‘ladiki, Xbox One o‘yin pristavkasi uchun protsessorlar ishlab chiqarish bevosita kompaniyaning o‘ziga tegishli bo‘ladi. Bu holda Microsoft yiliga 1 mlrd dollar foyda ko‘radi.
Avvalroq AMD ni sotib olishga Qualcomm va Samsung kompaniyalari ham qiziqish bildirayotganlari ma'lum qilingandi.