21:33 / 01.07.2015
4934

Misrda IShID jangarilari 50 dan ziyodroq harbiylarni o‘ldirdi

Misrning Sinayida nazorat punktlariga uyushtirilgan bir qator hujumlar oqibatida 50 ga yaqin harbiy va politsiya xodimi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Mahalliy hukumatning xabar berishicha, ushbu hujumni IShID terrorchilik guruhi jangarilari amalga oshirgan.

Bundan avvalroq Shimoliy Sinayda misrlik harbiylar tomonidan IShIDning 20 dan ziyodroq jangarisi yo‘q qilingan edi.

Top