Texnologiya | 12:24 / 01.07.2015
2449
1 daqiqa o‘qiladi

MTS Rossiyada “Telefon.ru” loyihasini qaytadan boshlamoqchi

MTS kompaniyasi “Telefon.ru” loyihasini qaytadan boshlamoqchi. Aytilishicha, bu “Yevroset” va “Svyaznoy” tarmoqlarining MTSning asosiy raqobatchilari – “Megafon” va “Vimpelkom” bilan yaqinlashishi tufayli ilgari surilgan tashabbusdir.
“Vedomosti” nashrining xabar berishicha, ushbu brend ostida yangi chakana savdo nuqtalari tarmog‘i yaratiladi. Tarmoq telefonlar va shartnomalar sotishga ixtisoslashtiriladi va “Yevroset” tarmog‘ining raqobatchisiga aylanadi.
Nashr manbalaridan ma'lum bo‘lishicha, tarmoq doirasida minglab chakana savdo salonlari yaratiladi.
Shu bilan birga, loyihani amalga oshirish borasidagi yakuniy qaror qabul qilinmagani aytilmoqda.
Bundan tashqari, “Megafon” vakili Aliya Beketovaning so‘zlariga qaraganda, Telephone.ru domeni aynan “Megafon”ga tegishlidir.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish