Jahon | 08:27 / 01.07.2015
2144
1 daqiqa o‘qiladi

Oq uy 1 iyul kuni AQShning Kubada elchixonasi ochilganini e'lon qiladi

1 iyul kuni Oq uy tomonidan AQShning Kubadagi elchixonasi ochilgani haqida e'lon qilinadi. Bu haqda Assosheyted Press xabar berdi.

Qayd etilshicha, 1 iyul kuni tongida AQSh prezidenti Barak Obama va Davlat kotibi Jon Kerri Gavanadagi elchixona ochilishi rejasi bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning yanvar oyida AQSh va Kuba tomoni ikki mamlakatdagi elchixonalar faoliyatini tiklash bo‘yicha muzokaralar olib borgandi.

Shuningdek, aprelda bo‘lib o‘tgan Panama sammitida Kuba rahbari Raul Kastro AQSh prezidenti bilan keyingi 50 yilda birinchi marta uchrashuv o‘tkazib, muzokaraga kirishgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish