Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda elektron imzolar berish yagona markazi tashkil etiladi
O‘zbekiston prezidentining 15.05.2015 PF-4725 raqamli “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni, cheklovlarni olib tashlash va ularni tezkor rivojlantirish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq elektron imzolar davlat soliq qo‘mitasi rasmiy kalitlarini ro‘yxatdan o‘tkazish yagona markazi tashkil etiladi.
Markazni tashkil qilish loyihasini yaratish borasidagi ishlar davlat soliq qo‘mitasi tomonidan olib borilmoqda. Loyihada davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga ko‘rsatiladigan barcha turdagi xizmatlarga yo‘l ochuvchi elektron raqamli imzo yagona markaz orqali tarqatilishi ko‘zda tutilgan. Yangi tashkilot yangi texnologiyalar ilmiy axborot markazi deb ataladi.
Davlat soliq qo‘mitasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda 2016 yilning 1 yanvarida yagona identifikatsiya va avtorizatsiya tizimini yaratadi. 1 martga qadar xizmat ko‘rsatuvchi rasmiy saytlarning barchasi ushbu tizimga uyg‘unlashtiriladi.