Light | 21:14 / 01.07.2015
13915
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistondagi masjidlar tarovih namozlarini osoyishta, emin-erkin ado etish uchun barcha sharoitlar bilan ta'minlangan

Muborak Ramazon oyining ulug‘ kunlari barchamizga yana bir bor muborak bo‘lsin! Mag‘firat oyining deyarli yarmini ham ortda qoldirmoqdamiz. Bu kunlarni toat-ibodatda, xayru ehsonda, yaxshilik va ezgu amallar bilan o‘tkazishimiz yurtdoshlarimizni quvontirmoqda. Ayniqsa, mamlakatimizdagi jome masjidlarda yaratilgan sharoit tahsinga sazovor.
Xabaringiz bor, joriy yil 17 iyun sanasidan boshlab Respublikamizdagi ko‘plab masjidlarda taroveh namozlari ado etilib, muqaddas Qur'oni Karim xatm qilinmoqda. Ularda 800 dan ziyod qorilar xalqimizga Qur'on tilovat qilib, qalblariga xushnudlik ulashmoqda. Shu kunlarda jome masjidlarimizda Qur'on Karimning xatmona kunlari o‘tkazilayapti. Poytaxtimizdagi “Shayx Zayniddin” jome masjidida ham tarovih namozlari osoyishta, emin- erkin, qulay shart – sharoitda ado etilmoqda.



8 mingga yaqin namozxon qatnashayotgan tarovih namozlarini yuksak saviyada o‘tkazilishida Ichki ishlar va mutasaddi tashkilotlar xodimlari, masjid xodimlari va ko‘ngilli yoshlar xizmat qilishmoqda. Shu kunga qadar Qur'onning Karimning 21 juzi Hasan qori va Nasrulloh qorilar tomonidan tilovat qilib bo‘lindi.

 

“Shayx Zayniddin” jome masjidida Qur'oni Karim xatmonasi Ramazonning 20 - kechasi, 7 iyul sanasiga belgilangan.



“Shayx Zayniddin” jome masjidi matbuot xizmati / Muxlis.uz

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish