Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Real" Ronalduning Portugaliya termasi bilan Rio-de-Janeyro olimpiadasiga borishiga rozi bo‘lmaydi
"Real" Ronalduning Portugaliya termasi bilan Rio-de-Janeyro olimpiadasiga borishi mumkinligi haqidagi ma'lumotga qattiq e'tiroz bildirmoqda. Bu haqda Goal nashri xabar bergan.
Jamoa o‘zining asosiy futbolchisi 2016 yilning yozida bo‘lib o‘tadigan olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishi va tig‘iz grafik sharoitida o‘yinlar o‘tkazishi uning jismoniy holatiga ta'sir ko‘rsatishidan hamda keyingi mavsumda undan kutilgan o‘yinni namoyish etmasligi mumkinligidan xavotirlanmoqda. Shuningdek, Ronaldu bu turnirda jarohat olishi mumkinligi tufayli ham turnirga jo‘natilmaydi.
30 iyun kuni Portugaliya Futbol federatsiyasi prezidenti Fernandu Gomesh Ronaldu Braziliyada o‘tkaziladigan Olimpiada o‘yinlariga jalb qilinishi haqida ma'lum qilgandi.
Ma'lumot uchun, Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etuvchi terma jamoalar tarkibida 23 yoshdan katta bo‘lgan 3 nafar futbolchi bo‘lishiga ruxsat berilgan. Londonda o‘tgan 2012 yilgi Olimpiada o‘yinlarida Braziliya terma jamoasi safida Xalk, Buyuk Britaniya terma jamoasida Rayan Giggz, urugvayliklar tarkibida esa Luis Suares bor edi.
2016 yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlari 5 avgustdan 21 avgustgacha bo‘lgan muddatda Rio-de-janeyro shahrida o‘tkaziladi.