Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyadagi mehnat muhojirlarining o‘rtacha daromadi 300-400 dollarni tashkil qilmoqda
Ayni paytda Rossiyada ishlayotgan mehnat muhojirlarining o‘rtacha oylik daromadi 300-400 dollarni tashkil qiladi. Bu Rossiya bank strukturalarining ma'lumotlarida ko‘rsatilgan.
Ayni kunlarda migratsion yo‘nalishlarining o‘zgarishi sodir bo‘lmoqda. Yaqindagina Rossiyaga borishni ma'qul ko‘rgan O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari borgan sari ko‘proq BAA, Qatar, Bahrayn va Saudiya Arabistoniga ketmoqda. Ammo u yerda har doim ham Rossiyadagi kabi ish topishning imkoni bo‘lmayapti.
“Lider” to‘lov tizimi direktorlar kengashi raisi Olga Vilkul RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida chet tilini bilganlar Yevropa, AQSh va Kanadada o‘z sohasi bo‘yicha ish qidirmoqda.
“Ammo bu davlatlar millionlab mehnat muhojirlarini qabul qilmasliklari tayin gap, shu bois Rossiya ko‘pgina davlatlarning fuqarolari uchun asosiy ish qidirish zonasi bo‘lib qolmoqda. Oxirgi oylarda Rossiyaga muhojirlarning kirib kelishi jarayoni yana jadallashdi”, – dedi Vilkul.
Shu bilan birga, muhojirlar bu yerdan olib ketayotgan pul juda kamdir.
“Oxirgi ikki yil davomida Rossiyadan MDH davlatlariga o‘tkazilayotgan pullar ming dollargacha borar edi. Hozir esa odamlar oyiga 300-400 dollar jo‘nata olayapti, ya'ni vaziyat 1998-2000 yillardagiga o‘xshab qolgan”, – ta'kidlab o‘tdi mutaxassis.