Jamiyat | 15:07 / 01.07.2015
6216
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentlik qizchalar Yurmalada o‘tkazilgan “Arabesk” tanlovida g‘olib bo‘lishdi

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani 14-sonli musiqa va san'at maktabi xoreografiya bo‘limi 2-sinf o‘quvchilari Latviyaning Yurmala shahrida o‘tkazilgan “Arabesk” xalqaro xoreografik festivalidan mukofotlar bilan qaytdi, deb yozmoqda "Gazeta.uz"
Mariya Zodcheva rahbarligi ostida shug‘ullanuvchi o‘quvchilar Mariya Yefimova, Yasmina Salam va Malika No‘monjonovalar “Hind estrada raqslari” kategoriyasida 8-10 yoshlilar orasida birinchi o‘rinni, “O‘zbek xalq raqslari” yo‘nalishida esa ikkinchi o‘rinni egallashdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish