Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Volkswagen ning Germaniyadagi zavodida robot odamning o‘limiga sabab bo‘ldi
Volkswagen ning Germaniyadagi zavodida robot nazoratdan chiqib, zavod ishchisining ko‘krak qismiga o‘limga olib keluvchi jarohatlar yetkazgan. Bu haqda Hessische Niedersächsische Allgemeine nashri xabar bermoqda.
Volkswagen matbuot xizmatida voqea sodir bo‘lgan paytda ishchi qurilma ichida bo‘lgani aytilmoqda. Robot ishchini metall plastinaga siqib, uning ko‘krak qafasini ezib qo‘ygan. Ishchi shifoxonaga olib kelingandan keyin vafot etgan.
Kontsernda ma'lum qilinishicha, qurilma ishidagi nosozliklar tashqarida bo‘lgan boshqa ishchining qurilmani ishga tushirib yuborgani sababli yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin. Ayni paytda ushbu holat yuzasidan tergov o‘tkazilmoqda.