Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xakerlar Kanada xavfsizlik va razvedka xizmati saytini bir kunda uch marta buzishga muvaffaq bo‘ldi
Kanada xavfsizlik va razvedka xizmati sayti 24 soat ichida uch marta xakerlar hujumiga duchor bo‘ldi, deb xabar qiladi CTV telekanali.
Elektron hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga Aerith niki ostida harakat qiluvchi xaker oldi. Ma'lum bo‘lishicha, shu kiberjinoyatchining o‘zi Kanada konservativ partiyasi saytini bloklab qo‘ya olgan. Umuman olganda, Aerith politsiya va boshqa tashkilotlar saytlariga ko‘p bora hujumlar uyushtirgan.
Ilgariroq, 17 iyun kuni, razvedka xizmati bilan birgalikda, adliya vazirligi hamda kommunikatsiyalar xavfsizligi markazining saytlari hujumga uchragan edi. Anonymous guruhi xakerlari bu hujumlar Kanada parlamenti yangi aksilterrorchilik qonunini qabul qilganiga javob bo‘lganini ma'lum qilishdi.