12:33 / 01.07.2015
3365

Xitoyda milliy xavfsizlik bo‘yicha yangi qonun qabul qilindi

Butunxitoy xalq vakillari yig‘ilishi doimiy qo‘mitasi 1 iyul kuni milliy xavfsizlik to‘g‘risidagi yangi qonunni qabul qildi. Bu haqda organning rasmiy xabarnomasida aytiladi.
Yangi qonun moddalari nafaqat Xitoy hududida, balki “yangi strategik sarhadlarda” – koinotda, ochiq dengizda va qutblarda yuzaga keladigan xavfsizlikka tahdidlarni ham qamrab oladi. Bundan tashqari, yadroviy tahdidga qarshi turish chora-tadbirlariga urg‘u berilgan.
Milliy xavfsizlik to‘g‘risidagi qonun 1993 yili qabul qilingan kontrrazvedka to‘g‘risidagi qonunning o‘rnini bosadi.

Top