Jahon | 13:24 / 01.07.2015
2635
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoylik amaldorlar konstitutsiya bilan qasam ichadi

Mamlakat oliy qonunchilik organining qaroriga binoan xitoylik amaldorlar bundan buyon konstitutsiya ustida qasamyod qabul qilishadi. Bu haqda parlament matbuot devonxonasi tomonidan tarqatilgan xabarnomadan ma'lum bo‘ldi.
Butunxitoy xalq vakillari yig‘ilishi doimiy qo‘mitasi tomonidan saylangan yoki tayinlangan barcha amaldorlar, sudyalar va prokurorlar mansabga kirishishdan oldin jamoatchilik oldida konstitutsiya ustida qasamyod qabul qiladilar. Bu tartib 2016 yilning 1 yanvaridan kuchga kiradi.
Qasamyod matni 70 iyeroglifdan iborat bo‘ladi. Amaldorlar konstitutsiya ustiga chap qo‘lini qo‘yib, o‘ng qo‘lini mushtga tukkancha osmonga ko‘taradilar. Marosim bo‘lib o‘tayotgan xonaning devorlarida milliy bayroq va gerb osig‘liq bo‘lishi kerak.
XXRning amaldagi konstitutsiyasi 1982 yili qabul qilingan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish