22:02 / 02.07.2015
1819

“Milan” Bakkaning transferi bo‘yicha “Sevilya” bilan kelishuvga erishganini ma'lum qildi

“Sevilya” hujumchisi Karlos Bakka faoliyatini “Milan”da davom ettiradigan bo‘ldi, deb xabar berilmoqda klubning rasmiy saytida.

Futbolchi yaqin kunlarda tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Agar o‘yinchi ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tsa, “Milan” bilan shartnoma imzolaydi.

Avvalroq Italiya klubi Bakkaning transferi uchun “Sevilya”ga 30 mln dollar to‘lashi ma'lum qilingandi.

Top