22:05 / 02.07.2015
2225

“PSJ” Di Mariya uchun “Manchester Yunayted”ga 60 mln yevro to‘lashga tayyorligini ma'lum qildi

“Manchester Yunayted” klubining argentinalik yarimhimoyachisi Anxel Di Mariya o‘z faoliyatini Parijning “PSJ” klubida davom ettirishi mumkin, deb xabar bermoqda Goal.com sayti.

Parijliklar futbolchining transferi uchun mankunianliklar so‘rayotgan 60 mln yevroni to‘lashga tayyor ekanliklarini ma'lum qildilar.

“PSJ”ning futbolchi uchun 60 mln yevro to‘lashga tayyorligi UYeFAning klubga nisbatan moliyaviy feyr-pley talablarini yumshatgani bilan bog‘liq bo‘lmoqda.

Di Mariyaning o‘zi “MYu”ni tark etishni istamayapti.

Top