Sport | 21:28 / 02.07.2015
2946
2 daqiqa o‘qiladi

“Real” Kasilyasga uning jamoadan ketganidan keyin maoshining bir qismini to‘lashga tayyorligini bildirdi

Madridning “Real” klubi Iker Kasilyasga yangi klub topishda yordam berish maqsadida unga maoshining bir qismini to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga olishga tayyorligini bildirdi.

As nashrining ma'lumotlariga ko‘ra, Kasilyas “Roma” ga o‘tmoqchi.

“Real” o‘z navbatida darvozabon pul tomondan zarar ko‘rmasligi uchun uning yangi klubdagi va hozirgi “Real”dagi shartnomasidagi maoshidagi (7,5 mln keyingi mavsum va 7 mln yana bir mavsum uchun) farqni to‘lab berishga roziligini bildirgan.

Ta'kidlash joizki, “Real” o‘zining o‘yinchilariga shunday usul bilan yangi ish joyi topishda ko‘maklashgan. 2010 yilda “Real” “Shalke”ga o‘tgan o‘zining sobiq o‘yinchisi Raulga maoshining bir qismini to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga olgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish