Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2019 yilgacha Qirg‘iziston Yevro-4 va Yevro-5 rusumli benzin ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi texnik reglamenti Qirg‘izistonni ichki bozorga faqat yuqori sifatli benzin chiqarishga majbur qiladi. Shu bois 2019 yilga qadar mamlakatda Yevro-4 va Yevro-5 rusumli benzin ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda neft treyderlari uyushmasi direktori Ulan Qulovga tayangan holda Qirg‘iziston telegraf agentligi ma'lumot bermoqda.
Qulovning ta'kidlab o‘tishicha, mamlakatda qurilayotgan besh zavoddan ayni paytda faqat ikkitasi ishga tushirilgan. Bular Qoraboltadagi “Junda” va Jaloloboddagi “Qirg‘izneftgaz” korxonalaridir. Ammo ular faqat Yevro-3 benzinini ishlab chiqaradi.
Rossiya va Belarus 2015 yildan Yevro-5 benziniga o‘tdi, Qozog‘iston 2016 yili o‘z hududida Yevro-4 va Yevro-5 benzinlarini joriy qilmoqchi. Qirg‘izistonda bu standart 2019 yilga qadar joriy qilinadi.