Sport | 14:27 / 02.07.2015
2156
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Shveytsariyadan qamoqqa olingan FIFA mansabdorlarini ekstraditsiya qilishni so‘radi

AQSh hukumati Shveytsariyaga korrupsiya ishi bo‘yicha qo‘lga olingan FIFA mansabdorlarini ekstraditsiya qilishni so‘rab rasmiy murojaatnoma yo‘lladi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
So‘rov 2015 yilning 20 may kuni rasmiylashtirilgan qamoqqa olish ruxsatnomalari asosida yuborilgan. Ularni tilga olingan mansabdorlar tomonidan 100 mln dollar olingani ustidan ish olib borgan Nyu-York shtati sharqiy okrugi sudi chiqargan edi. Ekstraditsiya qarori keyingi 14-28 kun ichida qabul qilinadi.
Tsyurix politsiyasi 27 may kuni AQSh sudi so‘rovnomasiga binoan FIFAning 7 nafar oliy martabali mansabdorini hibsga olgan edi. AQSh adliya vazirligi qo‘lidagi ma'lumotlarga qaraganda, ular 24 yil ichida 150 mln dollar pora olgan.
Shuningdek, Shveytsariyada bu pullarni “yuvish” bilan bog‘liq bir guruh noma'lum shaxslarga qarshi ham jinoyat ishi ochildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish