Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 09:27 / 02.07.2015
2923
2 daqiqa o‘qiladi
Avstraliya Hind okeanida yo‘qolgan Boeing samolyotini qidirishni davom ettiradi
Hind okeani hududida 2014 yilning martida g‘oyib bo‘lgan Malaysia Airlines aviakompaniyasiga tegishli Boeing 777-200 rusumli yo‘lovchi samolyot izlarini qidirish ishlari tiklanadi. Bu haqda Avstraliya qidiruv koordinatsiya markazi (JACC) saytida ma'lum qilingan.
Xabarda aytilishicha, Fugro Discovery Discovery nomli qidiruv kemasi barcha tayyorgarliklardan o‘tib, Frimantal portidan samolyot qulab tushgani taxmin qilingan hududga tomon yo‘lga chiqadi hamda 2 iyul kuniyoq ish boshlaydi.
Yana bir kema, Fugro Equator esa 6 iyul kuni qidirish harakatlariga qo‘shiladi.
Qayd etilishicha, qidirish ishlari maydoni diametri 60 ming kilometrdan 120 ming kilometrgacha kengaytiriladi.
Eslatib o‘tamiz, 2014 yilning martida Kuala-Lumpur shahridan Pekinga qarab yo‘lga chiqqan ushbu samolyot yo‘nalishdan burilib ketib, Hind okeanining janubiy qismida g‘oyib bo‘lgandi. Samolyot bortida 227 yo‘lovchi hamda 12 nafar ekipaj a'zosi bor edi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish