07:43 / 02.07.2015
2295

Benua Assu-Ekotto "Sent-Eten" safiga o‘tdi

2006 yildan buyon Londonning "Tottenhem" jamoasida to‘p surib kelgan kamerunlik qanot himoyachisi Benua Assu-Ekotto Fransiyaning "Sent-Eten" jamoasi bilan shartnoma imzoladi.

"Shporlar" bilan shartnomasi yakuniga yetgan Assu-Ekotto fransuz klubiga erkin agent maqomida tashrif buyurgan. 31 yoshli bu futbolchi o‘tgan mavsumda "Tottenthem"ning asosiy tarkibidan tushib qolgan hamda "KPR"ga ijaraga berib yuborilgandi.

Bu kelishuv bir yil muddatga tuzildi.

Top