06:49 / 02.07.2015
2991

«Britaniyalik Shindler» 106 yoshida hayotdan ko‘z yumdi

1939 yilda Chexoslovakiyada natsistlar qo‘lidan yahudiy bolalarni qutqarib qolgani bilan taniqli bo‘lgan britaniyalik Nikolas Uinton 106 yoshida vafot etdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

1939 yilda Uinton Chexoslovakiyaga tashrif buyurib, u yerdan 600 dan ko‘proq yahudiy bolalarning poyezdda Buyuk Britaniyaga ko‘chib o‘tishini tashkillashtirgan. Uintonning bu xayrli ishi unga “ingliz Shindleri” degan nom keltirgan. Uintonning rafiqasi uylari yerto‘lasida turmush o‘rtog‘ining bu ishidan darak beruvchi hujjatlarni topib olmagunga qadar, u bu voqeani 50 yil davomida sir saqlagan.

2003 yilda Buyuk Britaniya qirolichasi Uintonga ritsarlik unvonini berdi. Uintonning Chexiyadagi “shaydolari” uning nomzodini bir necha bor Nobel tinchlik mukofotiga taklif qilishgan. Uinton urush girdobidan bolalarni qutqargani uchun 2014 yilning oktabrida Chexiyaning “Oq sher” ordeni bilan taqdirlangan.

Top