Jahon | 21:54 / 02.07.2015
2242
2 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniyaga Tunisdagi teraktning yana 9 nafar qurboni jasadlari olib kelindi

2 iyun kuni Buyuk Britaniyaga Tunisning Susi shahridagi teraktning yana 9 nafar qurboni jasadlari olib kelindi. Jasadlar ortilgan Qirollik Harbiy-havo kuchlarining samolyoti Oksfordshir grafligidagi Brayz-Norton aviabazasiga kelib qo‘ndi.

Birlashgan Qirollik Tashqi ishlar vaziri Filip Xammond teraktda halok bo‘lgan barcha 30 nafar britaniyalikning shaxsi aniqlanganini ma'lum qilgan edi.

Qolgan jasadlarni olib kelish uchun kelayotgan juma va shanba kunlari yana ikkita reys amalga oshirish rejalashtirilgan.

Bundan avval 1 iyun kuni Buyuk Britaniyaga 8 nafar britaniyalikning jasadi olib kelingan edi.

Tunisdagi terakt qurbonlari orasida 30 nafar britaniyalikdan tashqari, Belgiya, Irlandiya, Germaniya va Portugaliya fuqarolari va bir nafar rossiyalik bor.

Bu terakt yil boshidan Tunisda amalga oshirilgan ikkinchi terakt bo‘ldi. Bundan avval 18 martda terrorchilar Tunis poytaxtidagi Bardo milliy muzeyini bosib olib, u yerdagi sayyohlarga o‘q uzganlar. Ushbu terakt oqibatida 20 dan ko‘proq odam halok bo‘lgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish