Jahon | 07:52 / 02.07.2015
2264
1 daqiqa o‘qiladi

Hindistonda 250 ming qishloq internet bilan ta'minlanadi

Hindiston hukumati Digital India dasturi doirasida 250 ming qishloqni yuqori tezlikdagi internet bilan ta'minlashni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda asianage.com portali.

Dasturda shuningdek, Hindiston aholisi uchun tibbiy, bank va ta'limiy xizmatlar uchun elektron yo‘llashni yaratish ham ko‘zda tutilgan. Hukumatning rejasi bo‘yicha, 2019 yilda Hindistonning har bir fuqarosi smartfonga ega bo‘lishi kerak.

“Loyiha uchun 70 mlrd dollar investitsiya qilishga kelishib olindi. Loyiha 1,8 mln ishchi o‘rinni yaratishga imkon beradi”, deb aytdi Hindiston bosh vaziri Narendra Modi.

Dasturda xususiy investorlar ham ishtirok etishadi. Aditya Birla Group xoldingi raqamli texnologiyalar sohasiga 7 mlrd dollar, Reliance Group esa dasturga 2 mlrd dollar kiritishlarini ma'lum qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish