Jahon | 14:13 / 02.07.2015
1958
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyada halokatga uchragan samolyotning vinti buzuqligi aniqlandi

Mutaxassislar Sumatra orolida halokatga uchragan Hercules C-130 harbiy samolyotining vinti buzuq ekanligini aniqlashdi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda.
Indoneziya harbiy havo kuchlari bosh qo‘mondoni Agus Supriyatnaning so‘zlariga qaraganda, parvozning boshidanoq samolyot 35 metrli radioantennaga tegib ketgan. Bu ham ma'lum darajada halokatga sabab bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish