Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyada samolyot halokatga uchragan joydagi operatsiya deyarli nihoyasiga yetdi
Ikki kun muqaddam Sumatra orolida Hercules C-130 harbiy transport samolyoti halokatga uchragan joydagi qutqaruv va qidiruv operatsiyasi deyarli nihoyasiga yetdi. Indoneziya harbiy havo kuchlari bosh qo‘mondoni Agus Supriyatnaning so‘zlariga qaraganda, bir guruh harbiylar jasadlarni qidirishda davom etadi.
Aytilishicha, voqea joyida samolyot olib ketayotgan 22 ming patron topilgan. Ularga jiddiy zarar tegmagani aniqlandi.
Topilgan jasadlar soni 141/142taga yetgani aytilmoqda. 62 nafarining shaxsi aniqlangan. Shimoliy Sumatra viloyati politsiyasi vakili Xelfi Assegafning aytishicha, ulardan 31 nafari harbiy havo kuchlarida, 6 nafari quruqlik qo‘shinlarida xizmat qilgan, 25 nafari harbiy bo‘lmagan.
Shuningdek, vayron bo‘lgan uylar harbiy havo kuchlari hisobidan qayta tiklanadi. Tovon va moddiy yordam pullari ham armiya tomonidan to‘lanadi.