08:15 / 02.07.2015
1503

"Inter" “Atletiko” himoyachisi Joao Miranda transferini e'lon qildi

Madridning “Atletiko” jamoasi himoyachisi Joao Miranda 30 iyun kuni “Inter” jamoasi tibbiy ko‘rigidan muvaffaqiyatli o‘tib, 1 iyul kuni jamoa bilan shartnoma imzoladi.

“Neradzurrilar” 30 yoshli himoyachining transfer bahosi va kelishuv shartlarini ma'lum qilishmadi. Transfermarkt portalining ma'lumotlariga ko‘ra, Miranda “Inter”ga ijara asosida ikki mavsum mobaynida to‘p suradigan bo‘ldi.

Miranda “Atletiko” safida 2011 yildan beri to‘p surib kelgan edi. Madridliklar tarkibida futbolchi Primera g‘olibligi, Ispaniya kubogi va superkubogi, Yevropa ligasi va UYeFA superkubogini qo‘lga kiritgan.

Top