14:11 / 02.07.2015
9885

Iskandar Mahmudov “Kalashnikov” kapitaliga qo‘shildi

Ural tog‘-metallurgiya kombinatining asosiy aksiyadori, asli o‘zbekistonlik milliarder Iskandar Mahmudov Rossiyadagi eng yirik o‘qotar qurol ishlab chiqaruvchi konsern – “Kalashnikov”ning ustav kapitaliga qo‘shildi. U konsernning aksiyalarini UTMK bo‘yicha hamkori “Transmashxolding” egasi Bokarevdan sotib oldi.
Shuningdek, Mahmudov “TKX-Invest” MChJning 25 foizini sotib oldi, u o‘z navbatida “Transkomplektxolding” MChJ orqali “Kalashnikov”ning 49 foiz aksiyalariga egalik qiladi. Shu tariqa, Mahmudov konsernning 12.25 foiz aksiyalariga ega bo‘ldi.

Kontsernning eng aksiyadori bo‘lib bosh direktor Aleksey Krivoruchko qolmoqda.

Top