13:59 / 02.07.2015
2120

Jyekson Martines "Portu" tomonidan 30 mln yevrodan yuqori narxga transfer qilingan to‘qqizinchi futbolchi bo‘ldi

O‘tgan haftada "Portu" jamoasining kolumbiyalik hujumchisi Jyekson Martines 35 mln yevro evaziga "Atletiko"ga transfer qilingani rasman e'lon qilingandi.

Infostrada nashrida yozilishicha, bu transfer orqali "Portu" o‘z tarixida to‘qqizinchi marta futbolchisini 30 mln yevrodan baland narxga pulladi.
 
Portugaliyaliklar bu borada yetakchi jamoa hisoblanishadi. O‘z futbolchilarining 5 nafardan ortig‘ini 30 mln yevrodan yuqori narxga sotish ko‘rsatkichiga hali hech bir jamoa erisha olmagan.
 
Top