Jahon | 16:38 / 02.07.2015
2971
1 daqiqa o‘qiladi

Lev Yashinning bevasi “Dinamo” stadioniga uning nomi berilishiga rozi bo‘ldi

Moskvaning “Dinamo” jamoasi sobiq darvozaboni Lev Yashinning bevasi Valentina Yashina jamoa stadioniga erining nomi berilishiga rozi bo‘ldi. Bu haqda VTB banki prezidentining katta o‘rinbosari Andrey Peregudovga tayangan holda Interfaks agentligi darak bermoqda.
VTB banki “VTB Arena park” loyihasiga rahbarlik qilmoqda.
Petrovskiy parkida qurilayotgan majmua “VTB Arena” deb, futbol stadioni esa Lev Yashin nomli “Dinamo” stadioni deb ataladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish