Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada hayvonot bog‘ida sayr qilib yurgan qiz timsohlar ichida qolib ketdi
Meksikalik qiz Monterrey shahrida joylashgan La Pastora hayvonot bog‘ida o‘lim bilan yuzlashishi mumkin edi. Ma'lum bo‘lishicha, u timsohlar saqlanadigan qo‘tonga kirib olgan. Jonivorlardan birini uni sezib qolgach, qiz qochishga majbur bo‘lgan.
Ushbu voqea videotasmaga tushirilib, internetga joylashtirildi. Video qizning tanishlaridan biri tomonidan suratga olingan. Kadr ortidagi ovoz uni bu ishdan qaytarishga harakat qiladi, lekin qiz bunga juda qiziqayotganligini ma'lum qilib, o‘z bilganidan qolmaydi.
Kadrda ko‘rinib turganidek, qiz timsohlarga imkon qadar yaqinroq borishga harakat qiladi, ammo jonivorlardan biri uning xatti-harakatlaridan bezovtalanadi. Qiz qo‘rqib ketib, tezda qochib chiqadi.
Qizga hech qanday jarohat yetmagan. U faqat kuchli qo‘rqishdan biroz aziyat chekkanligini ma'lum qilgan.