Jahon | 11:59 / 02.07.2015
3458
2 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev: rublning qadrsizlanishi qozog‘istonlik tadbirkorlarni raqobat haqida o‘ylashga majbur qildi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev mahalliy telekanallarga bergan intervyusida Qozog‘iston kompaniyalari sifatli va arzon mahsulot ishlab chiqarishga intilishlari lozimligini ta'kidlab o‘tdi.

Nazarboyevning fikricha, Rossiya rublining qadrsizlanishi qozog‘istonlik tadbirkorlarni raqobat haqida o‘ylashga majbur qildi.

“Men Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi yaratilishidan avval barcha tadbirkorlarni raqobat bo‘lishidan doim ogohlantirib va ularga tayyor turish kerakligini aytib kelardim. Agar biz bu yerda raqobatlasha olmasak, ertaga Jahon savdo tashkilotiga kirganimizda unda nima bo‘ladi? Rossiya rubli sal qardsizlanishi bilan xaridorlar u yerga borishni boshlashdi va nima bo‘lganini tezda fahmlashdi. Odamlar u yerda arzon mahsulotlar sotib olishadi, bu xalqim uchun yaxshi bo‘ladi, nima uchun men bunga qarshilik ko‘rsatishim kerak?”, deb aytdi Nazarboyev.

Qozog‘iston prezidenti Qozog‘iston kompaniyalari sifatli va arzon mahsulot ishlab chiqarishga intilishlari lozimligini ta'kidlab o‘tdi.

“Shunda “Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan” brendining nufuzi oshadi. Shuning uchun raqobat – bu kompaniyaning o‘z mahsulotini sifatli va narxini arzon qilish ustida doimiy ish olib borishidan iborat. Buning uchun dunyoda mavjud innovatsiya, fan kerak bo‘ladi”, deb qo‘shimcha qilib o‘tdi Nazarboyev.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish