00:45 / 02.07.2015
3816

Ozarboyjonda 9 kishi IShID safida janglarda ishtirok etgani uchun jazoga tortildi

Ozarboyjon sudi 9 nafar mamlakat fuqarosini IShID terrorchilik guruhi safida jangovor to‘qnashuvlarda ishtirok etishda aybdor deb topib, 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etdi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.

Sudlanganlardan biri Vugar Tursunaliyev o‘zining 15 yoshli o‘g‘lini ham o‘zining qabih ishlariga tortgan. Vugar 15 yilga qamaldi, Suriyadagi jangovor to‘qnashuvlardi ishtirok etib uyiga qaytgan uning o‘g‘li esa 4 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Ayblanuvchilar o‘tgan yilning sentabrida IShID safida janglarda ishtirok etganlikda gumon qilinib qo‘lga olingan edilar.

Top