12:10 / 02.07.2015
3182

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi suv zaxiralarini yaxlit boshqarish dasturini joriy qilmoqda

Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda suv zaxiralarini boshqarish tizimini yaxshilash dasturini amalga oshirishni boshlashga tayyor turibdi.

Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Yuriy Shterkning aytishicha, ushbu dasturni amalga oshirish uchun 20 mln yevro ajratish ko‘zda tutilgan. Bu dastur Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyodagi strategiyasining bir qismi hisoblanadi.

Shterkning aytishicha, dasturning birinchi komponenti suv zaxiralarini boshqarishning “siyosiy va huquqiy jihatlarini” yaxshilashga qaratiladi.

Ikkinchi komponentda suv zaxiralari boshqaruvi samaradorligini yaxshilashga imkon beradigan suvdan foydalanishning ilg‘or texnologiyalari va sxemalarini joriy qilishga ko‘mak beriladi.

Oxirgi, uchinchi komponent jamoatchilikning suv zaxiralariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish zarurligi haqidagi bilimlarini yaxshilash maqsadida ishlarning informatsion jihatlarini o‘z ichiga oladi.

Top