14:27 / 02.07.2015
6168

O‘zbekistonlik xonandalarga “Jaholatga qarshi ma'rifat” g‘oyasi ostidagi ma'naviyat soati o‘tildi

1 iyul kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan o‘tkazilgan “Jaholatga qarshi ma'rifat” g‘oyasi ostidagi ma'naviyat soati o‘tkazildi.

Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Respublika ma'naviyat targ‘ibot markazi va O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan ma'naviyat soatida tizim rahbariyati va taniqli siyosatshunoslar estrada xonandalariga Markaziy Osiyo va jahonning boshqa mintaqalaridagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat, vayronkor g‘oyalar bilan yashayotgan g‘arazli kuchlar, yurtimizda amalga oshirilayotgan barcha bunyodkorliklar, to‘y-tantanalar asosi tinchlik-xotirjamlik ekanligi haqida atroflicha ma'lumotlar berib o‘tishdi.

“Bu kabi ma'naviyat saotlaridagi bilimlar, avvalo, o‘zimiz uchun, qolaversa joylardagi konsert dasturlari, uchrashuvlar va boshqa tadbirlardagi suhbatlarda bizga g‘oyat zarurdir”, - deydi O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Samandar Hamroqulov san'atkorlar nomidan tadbir tashkilotchilariga minnatdorlik bildira turib.

Bildirilgan takliflardan kelib chiqib malakali mutaxassislar ishtirokida har oyda bir marta san'atkorlar uchun ma'naviyat soatlari tashkil etilishiga kelishib olindi.

Top