Jahon | 08:47 / 02.07.2015
3500
1 daqiqa o‘qiladi

Pentagon: Eronning yadroviy obektlariga zarba berish masalani hal qilib bermaydi

AQSh mudofaa vaziri Eshton Karterning fikricha, Eronning yadroviy obektlariga harbiy zarba berish masalaning vaqtinchalik yechimi bo‘libgina xizmat qilishi mumkin. Uning so‘zlarini TASS agentligi keltirmoqda.

Karterning aytishicha, AQSh Eronning yadroviy dasturi masalasining harbiy yechimini ham ishlab chiqqan, ammo undan eng oxirgi o‘rinda foydalanilishi mumkin. Negaki harbiy aralashuv yadroviy dasturni to‘xtatmay, shunchaki uning amalga oshishini ortga suradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish